MY5 telekanali muxbiri Ruxsora G‘ofurovaning o‘zgalar nomiga kredit olganlikda gumon qilinayotgan bank xodimasi haqidagi materiali muhokamalarga sabab bo‘ldi. Material sabab jurnalist IIBga chaqirtirilgan. Bank mansabdorlariga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Gazeta.uz” jarayon tafsilotlarini o‘rgandi.
O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan sud tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Senat esa Oliy sudning 5 ta sudyasini lavozimidan ozod etdi.
Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortildi. Jabrlanuvchi taniqli aktyor bilan suhbatini diktofonga yozib olgan va uni IIBga bergan. Sud tomonidan Matyoqub Matchonovga 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Oliy sud ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan kontentlar ro‘yxatini yangiladi. Ular orasida Telegram, YouTube, Instagram`dagi va audio, video va matn formatdagi materiallar bor.
O‘zbekistonda 10 oy ichida oiladagi zo‘ravonlik uchun 15 mingdan ortiq odam ma’muriy javobgarlikka, 399 kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi yarim yilligida sudlarda bolani oilaga farzandlikka olish bilan bog‘liq 2701 ta ish ko‘rilgan bo‘lsa, undan 2543 ta da’vo arizasi qanoatlantirilgan.
Prezidentning taqdimnomasi va Senatning tegishli qaroriga asosan Ikram Muslimov va Olimjon Ismailov besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ochiq sudda ko‘rib chiqish 5-sentabrda boshlanadi. Ular JKning o‘zlashtirish, firibgarlik, vakolatni suiiste’mol qilish, pora va boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchilarning 29 nafari qamoqqa olingan.
Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 200 ming dollar pora talab qilib, 90 ming dollar olayotganida qo‘lga tushgandi. Sud hukmi bilan unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning sheriklari ham uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.
O‘zbekistonda sudyalarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi unga nafaqat o‘ta og‘ir, balki og‘ir jinoyat aybi qo‘yilganda ham qo‘llanishi mumkinligi belgilanmoqda. Senat tegishli o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Normadan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish ekani aytildi.
O‘zbekistonda 2019-yildan beri Oliy sudning 80 dan ortiq qarori asosida 1000 dan ziyod manbaa taqiqlangan. Ulardagi materiallar diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik g‘oyalarini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan deb topilgan.
Avvalroq 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) ozodlikka chiqdi. Oliy sudning nazorat organi uning qamoq muddatini ikki sutkaga qisqartirdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. U o‘zining ish yurituvidagi sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlab berishini aytgan.
Senatning 48-yalpi majlisida Elza Shamsutdinova va Baxodir Ergashev 10 yil muddatga, Anvar Elmuradov esa muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi etib saylandi. 8 nafar sudya lavozimidan ozod etildi.
DXX fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sudning katta konsultantini qo‘lga oldi. U 2 kishining oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan. Shuningdek, mahalliy tadbirkordan 6 ming dollar olishda gumonlangan Surxondaryo viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi ham ushlandi.
Oliy sud 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha qo‘zg‘olonlar va aksilinqilobiy bosmachilik qilishda ayblangan 174 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ularning aksariyati Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda yashagan. Xususan, oqlanganlar orasida taniqli adib Abdulla Qodiriy ham bor. Ro‘yxat.
2021-yil mart oyida firibgarlikda ayblanib 8 yilga qamalgan Avto 60 oy asoschisi Jamshid Bahodirov ozodlikka chiqdi, deb yozdi Kun.uz. Oliy sudning “Gazeta.uz”ga tushuntirishicha, belgilangan muddatning uchdan bir qismini o‘tab bo‘lganidan keyin uning jazosi yengillashtirilgan.
Apellyatsiya sudi avvalroq 7 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.
Avgust oyi oxirida Urganch shahridagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining zo‘rlanishi bo‘yicha ish sudga qaytarildi. Oliy sud saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shimcha tergov o‘tkazilganiga qaramay, sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting